1

Lobar bo`lish uchun dam olish zarur!

SUG'DIYONA 24.12.2016, 12:39
Teglar: Salomatlik, Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
Lobar bo`lish uchun dam olish zarur!

Ba`zan hafta oxiriga kelib butun vujudingizda qattiq toliqish his qilasiz. Va xuddi ona quchog`iga talpingan go`dak singari siz ham yakshanba yaqinlashgani sayin ruhiyatingizda engillik sezaverasiz. Ammo xudo ko`rsatmasinu, og`zingiz oshga etdim, deb turgan ayni bir paytda rahbariyat tomonidan dam olish kuni ham ishga chiqbshingiz kerakligi e`lon qilinsa bormi?!

Ha mayli, mavzudan chalg`imaylik. Aytmoqchi bo`lganim, sizki dam olishga ehtiyoj sezarkansiz, xuddi shu ehtiyoj go`zalligingizga ham ziyon qilmaydi. Mana ko`rasiz, natijasi darhol ko`zga tashlanadi. 

9:00

Uyg`onishingiz bilanoq kunni 1 stakan oddiy iliq suvdan boshlang. Suyuqlik muskullar ishini faollashtiradi, qon aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bularning barchasi yuz terisi rangini tiniqlashtiradi.

9:30

Nonushtaga xushta`m suli bo`tqasi tayyorlab, unga mevalar qo`shish mumkin. Bo`tqani yoqtirmasangiz, suli yormasining o`zini ham tanovvul qilishingiz mumkin. Murabbo yoki asalni qora nonga surtib eng. Mevali salatlardan o`zingizni cheklamang. Uglevodlarga boy har qanday ozuqa mahsuloti yaxshi nonushta hisoblanadi.

11:00

Aynan shu vaqt barcha ayollar uchun eng muhim (ba`zilari uchun esa juda og`riqli) qosh terish, oyoq-qo`llarni epilyasiya qilishga qulay. Sababi, kunning shu paytida ayol organizmining og`riqlarga ta`sirchanligi pasayarkan.

12:00

Yoqimli tadbirlar navbati ham keldi. Keling, yuz terisi va badan uchun engil piling tashkil qilamiz.

Suv bug`ida 2 osh qoshiq asalni eritib, 1/2 limon va 1 osh qoshiq bug`doy kepagi bilan aralashtiring. Tayyor pilingni yuzingizga va badaningizga surtgach, iliq suv bilan yuving.

14:00

Mazali tushlikdan keyin kechgacha kuch to`plash uchun miriqib uxlab olsangiz ziyon qilmaydi. Yoki bo`lmasa, yuzingizga niqob surtib, 15 daqiqa dam oling. Buning uchun yuzingizga 1 osh qoshiq smetana surtib, ustidan aylana qilib kesilgan bodring qo`ying.

14:30

Agar nihoyat uxlashga jazm qilgan bo`lsangiz, yotishdan oldin tovoningizga oziqlantiruvchi kremni qalin qilib surtib, ustidan paypoq kiyib yoting. Agar kunduzi uxlamaydigan bo`lsangiz, bu ishni kechkurun uxlashdan oldin qilasiz.

16:30

Jismoniy zo`riqishlarsiz sarvqomat bo`lishni istaysizmi? Bu mumkin emas! Suzishga yoki aerobikaga borishga vaqtingiz yo imkoniyatingiz bo`lmasa, ko`proq piyoda sayr qilish uchun bog`ga chiqing. Natija deyarli bir xil.

18:00

Piyoda yuraverib, rosa och qoldingiz. Endi kechki ovqat ko`ngildagidek bo`lishi kerak. U iloji boricha oqsilli taomlardan (go`sht, baliq, tuxum, dukkakli o`simliklar va sabzavotlar) iborat bo`lsin.

23:30

Kuningiz bejiz o`tmadi. Tashqi ko`rinishingiz yanada go`zallashishi uchun rosa harakat qildingiz. Bu urinishlaringiz ertaga shunday natija bersinki…

Ertaroq yotib, uxlashga harakat qiling. Uzog`i, 23:30. O`sha kuni uxlashdan oldin qiziqarli kitob o`qimang! U uyqu uchun atalgan vaqtingizning 1-2 soatini uyalmay o`g`irlab qo`yadi. Esda tuting, qancha kam uxlasangiz, ertasiga urinishlaringiz evaziga va`da qilingan husn ham shunchaga kamayishi mumkin.

GULNOZA

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1