AsosiyDunyo

Mujtaba Homayounining yaralanganini Eron rad etdi

Nimalar ma'lum?

'Mujtaba Homayounining yaralanganini Eron rad etdi'ning rasmi

The New York Times nashri Eronning yangi diniy rahnamosi Mujtaba Ximenaiy urushning birinchi kunida yaralanganligi haqida xabar berdi. Biroq Eron rasmiylari bu ma'lumotni rad etmoqda. Nashr manbalariga ko'ra, Mujtaba Ximenaiy 28 fevral kuni sodir bo'lgan hujumlar paytida oyog'idan yaralangan va shu sabab u saylanganidan beri omma oldiga chiqmagan hamda rasmiy bayonot bermagan. Aytilishicha, u hozirda alohida qo'riqlanadigan joyda saqlanayotgani ham qayd etilgan. Shu bilan birga, Eron prezidenti Masoud Pezeshkiyan bu habarlarni inkor etdi. Uning ta'kidlashicha, Ximenaiy sog'-salomat va uning yaralanganligi haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ma'lumot uchun, 8 mart kuni Eron rasmiy OAVlari Mujtaba Ximenaiy mamlakatning yangi oliy diniy rahbari etib saylanganini e'lon qilgan edi. U marhum Ali Ximenaiyning ikkinchi o'g'li hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar