AsosiySUG'DIYONA

2017 yilni toza va ozoda uyda kutib olamiz!

Bayramoldi kunlarda tashvishlar ko`pligidan ishni nimadan boshlashni bilmay boshingiz qotganmi? Unda maslahatlarimiz aynan siz uchun.

 1.   Javondagi keraksiz, siniq, buzilgan, ammo tashlab yuborishga ko`zingiz qiymayotgan mayda-chuyda buyumlardan xalos bo`ling.

2.    Kiyim javonidagi 1 yildan beri kiyilmagan liboslaringini singlingizga, jiyanlaringizga bering yoki «mehribonlik uyi»ga topshiring. Ham savobga qolasiz, ham javoningiz bo`shaydi.

3.    Yozmay qolgan ruchkalarni, ishlamay qolgan maishiy texnika vositalari, bolangiz ulg`ayib allaqachon o`ynamayotgan o`yinchoqlarni xech ikkilanmay tashlab yuboravering. Yaratilgan saranjomlikdan bahri dilingiz ochiladi.

4.    Yomon xotiralarni eslatuvchi, kayfiyatni buzuvchi barcha buyumlardan xalos bo`ling.

6.    Ichida deyarli xech vaqo qolmagan kosmetika idishlari, sovg`alardan qolgan qutilar, rangli qog`ozlardan, eski taqvimlardan uyni tozalang.

8.    Yaroqlilik muddati o`tgan dorilar, qurib ketgan ziravorlar, siniq taroqlar, uy ta`miridan qolgan qurilish mollariyu ayvonda yillar davomida yig`ilib, chang yutib yotgan buyumlardan uyni bo`shating.

9.    Ketayotgan yilda sodir bo`lgan xafagarchiliklar, yoqimsiz xotiralardan qalbingizni tozalang. Shunda Yangi yil sizga yangi orzu-umidlar ila eshik qoqadi.

Boshqa yangiliklar