AsosiySUG'DIYONA

“Qor malikasi» manikyuri

Kerak bo`ladi: rangsiz, moviy va oq rang tirnoq bo`yog`i, maxsus tirnoqlar uchun ingichka mo`yqalam.

1.    Tirnoqlarni tekislab, rangsiz bo`yoqdan surting. Bu usul manikyur uzoq saqlanishiga zamin yaratadi.

2.    Tirnoqlarga ikki qavat qilib moviy rang lakdan surting.

3.    Ingichka mo`yqalam yordamida tirnoqlar ustiga «x» ko`rinishida chiziq chizing.

4.    Endi esa rasmga qarab, tirnoqlarga qor parchalarini chizing.

5.    Parchalar orasini esa doirachalar bilan birlashtiring.

6.    Ilk chizilgan chiziqlar uchini ikkiga bo`lamiz.

7.    Endi esa suratdagi kabi bezak naqshlarini chizib oling.

8.    Naqshlar markazidan qor parchalari tomon nuqtachalar qo`yib chiqing.

9.    Qor parchasi markaziga yaltiroq tillarang tirnoq bo`yog`ida katta nuqta qo`ying.

10.  Tirnoqdagi bo`yoqlar butunlay qurigandan so`ng yana bir bor ustidan rangsiz tirnoq bo`yog`idan surtib yuboring. Bunday manikyur yangi yil o`tguncha, aslo o`chmaydi ko`zingizni quvnatib turaveradi.

 

 

Boshqa yangiliklar