AsosiySPORT

O'zbekiston bilan o'yinda Ronaldu yangi tarix yozdi

Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati tarixida takrorlanmas natija qayd etdi.

'O'zbekiston bilan o'yinda Ronaldu yangi tarix yozdi'ning rasmi

JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi bahsda hisobni ochgan Ronaldu ko‘p o‘tmay yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl muallifiga aylandi. Mazkur gollar nafaqat Portugaliyaning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi, balki 40 yoshli hujumchi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Gap shundaki, Ronaldu faoliyati davomida qatnashgan oltita Jahon chempionatining har birida gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U 2006, 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026 yilgi mundiallarda o‘z nomini to‘purarlar qatoriga yozdirib, yangi rekord o‘rnatdi.

Bu borada uning eng yaqin ta’qibchisi Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bo‘lib, u beshta Jahon chempionatida gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, kecha, 23 iyun kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi va 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvda hisobni 6-daqiqada Krishtianu Ronaldu ochgan bo‘lsa, 39-daqiqada o‘zining ikkinchi golini kiritdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Angliya g'alaba qozona olmadi, Panama jahon chempionati bilan xayrlashdi'ning rasmi

    SPORT Bugun 05:33

    Angliya g'alaba qozona olmadi, Panama jahon chempionati bilan xayrlashdi

    K guruhida Portugaliya O'zbekiston terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi.

    'Kolumbiya g'alabasi O'zbekistonga umid qoldirdi'ning rasmi

    SPORT Bugun 04:11

    Kolumbiya g'alabasi O'zbekistonga umid qoldirdi

    O'zbekistonda hali ham pley-off umidi saqlanib turibdi.

    'Kannavaro Portugaliyadan uchragan yirik mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.'ning rasmi

    SPORT Bugun 02:59

    Kannavaro Portugaliyadan uchragan yirik mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

    Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida so‘zga chiqib, natijaga qaramay shogirdlarining harakatidan mamnun ekanini ta’kidladi.

    'O'zbekistonning Portugaliyaga qarshi bahsi Portugaliya foydasiga hal bo'ldi'ning rasmi

    SPORT 23.06.2026 18:53

    O'zbekistonning Portugaliyaga qarshi bahsi Portugaliya foydasiga hal bo'ldi

    Bahsda Roberto Martinez boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi ustunlik qildi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

    'Kannavaro Portugaliyaga qarshi bahs uchun asosiy tarkibni e'lon qildi'ning rasmi

    SPORT 23.06.2026 15:37

    Kannavaro Portugaliyaga qarshi bahs uchun asosiy tarkibni e'lon qildi

    Uchrashuv oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining boshlang‘ich tarkibi ma’lum qilindi.

    'Argentina va Fransiya birinchilardan bo‘lib guruhdan chiqdi'ning rasmi

    SPORT 23.06.2026 07:02

    Argentina va Fransiya birinchilardan bo‘lib guruhdan chiqdi

    Futbol bo‘yicha jahon chempionatida kecha, 22 iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlarda favorit jamoalar navbatdagi g‘alabalarini qayd etdi.