Qizil ko`ylak bu — klassika! Uni kiygan xonimlar doimo atrofdagilarning diqqat markazida turishadi. Demak, bunday ko`ylakni kiyishda ma`lum qoidalarga amal qilish kerak.
1. Qizil rangning bir necha hil tuslari bor. Shuning uchun tanlovni borayotgan tadbiringizga qarab amalga oshirganingiz ma`qul. Dabdabali kechalarga alvon rangli ko`ylak, romantik uchrashuvga yoqutrang, dugonalar bilan ko`rishish yoki ishxonadagi tadbirlarga dengiz marjonlari rangidagi qizil ko`ylaklar tavsiya etiladi.
2. Oyoq kiyim va taqinchoqlar esa ko`ylakning uzunligiga qarab tanlanadi.
3. Qizil rang shundoq ham xammaning diqqat-e`tiborini jalb etadi. Betakror did sohibasi ekanligingizni ko`rsatish uchun yorqin va katta taqinchoqlardan voz kechishingizga to`g`ri keladi.
4. Qizil ko`ylak bilan qora, oq, tillarang va kumushrang oyoq kiyim, sumka, taqinchoq, sharflar mos keladi. Agar oddiyroq ko`rinishni istasangiz qizil ko`ylakni qaymoqrang tufli bilan kiyishingiz mumkin.
5. Qizil ko`ylakka qora aksessuarlarni moslashtirsangiz, xech qachon adashmaysiz.
6. Oltin va platinadan yasalgan taqinchoqlar va alvon tusli libos har qanday ayolni malikaga aylantiradi.
7. Agar jozibali xonimlardek ko`rinishni istasangiz poyabzalingiz ham baland poshnali bo`lishi shart. Ammo ko`ylakning rangi bilan bir xil qizil emas, undan ochroq yoki to`qroq tuslisini yoki qora rangli tufli kiying.
8. Klatch esa qora yoki kumushrang bo`lsin. Qizil ko`ylakni nima bilan kiyish emas, uning qomatingizga yarashagan-yarashmagani muhimroq.






