2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidan so'ng FIFAning rasmiy Physical Tracking Data ma'lumotlari asosida musobaqaning eng tezkor futbolchilari reytingi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 36,5 km/soat tezlik qayd etib, eng tezkor futbolchilar uchligidan o'rin oldi. Xuddi shunday natijani Angliyaning "Manchester Siti" klubi hamda Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland ham ko'rsatgan.
Reytingda birinchi o'rinni Avstraliya milliy terma jamoasi himoyachisi Jordan Bos egalladi. U 36,7 km/soat tezlikka erishgan.
Qayd etish joiz, Physical Tracking Data tizimi FIFA tomonidan o'yinchilarning jismoniy faolligi va harakat tezligini zamonaviy texnologiyalar orqali kuzatib borish uchun qo'llaniladi. Ushbu ma'lumotlar Jahon chempionati bahslari davomida muntazam yangilanib boradi.






