Kerak bo`ladi:
Tovlanuvchi to`q yashil va tilla rang lak bo`yog`i.
Tirnoqlar uchun maxsus yopishuvchi tasmalar.
Bezak toshlari.
Qaychi.
Tirnoq uchun maxsus elim.
1. Tirnoqlarni bir tekisda yashil rangga bo`yang.
2. Lak quriganidan so`ng, qaychi yordamida ikkita qalin va 4 ta ingichka tasmalar qirqib oling.
3. Ikkita qalin tasmani tirnoqlar tepasidan, pastga qarab uchburchak shaklda yopishtiring.
4. Qolgan 4 ta ingichka tasmalarni bir-birini ustidan suratdagidek yopishtirasiz.
5. So`ng tasmalar orasiga tillarang bo`yoq surting.
6. Bo`yoq qurigach, tasmalarni olib tashlang. Maxsus elim yordamida archa tepasiga toshcha o`rnating.
Yangi yil oqshomiga qadar ushbu manikyurni, albatta, o`rganib oling.






