AsosiySPORT

Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichida tarixiy rekord o'rnatdi

Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol bo‘yicha Jahon chempionati pley-off bosqichi tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

'Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichida tarixiy rekord o'rnatdi'ning rasmi

41 yosh 147 kunlik Ronaldu mazkur natijani Xorvatiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida qayd etdi. Shu tariqa u Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Piter Shiltonga tegishli bo‘lgan rekordni yangiladi.

Shilton ushbu rekordni 1990 yilgi Jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun bahsda 40 yosh 292 kunligida maydonga tushib o‘rnatgan edi.

Shuningdek, Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urdi. Bu uning Jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi faoliyatidagi ilk goli bo‘ldi.

Mazkur bahsda Portugaliya 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 19 iyul kuniga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar