AsosiySPORT

Modrich terma jamoa bilan xayrlashdi

Portugaliya — Xorvatiya uchrashuvidan so‘ng Krishtianu Ronaldu Modrichning oldiga borib, unga hurmat bajo keltirgan. Bu esa futbolchining milliy terma jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘lgan.

'Modrich terma jamoa bilan xayrlashdi'ning rasmi

Xorvatiya milliy terma jamoasi afsonasi, yarim himoyachi Luka Modrich milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.

Uning yozishicha, Portugaliya — Xorvatiya uchrashuvidan so'ng Krishtianu Ronaldu Modrichning oldiga borib, unga hurmat bajo keltirgan. Bu esa futbolchining milliy terma jamoadagi so'nggi o'yini bo'lgan.

“Uchrashuv yakunida Ronaldu Modrichning oldiga borib, unga hurmat bildirdi. Bu uning milliy jamoadagi so'nggi o'yini edi. Ikki afsona. Hurmat”, — deb yozdi Romano.

U milliy jamoadagi debyutini 2006 yil mart oyida o'tkazgan bo'lib, shu vaqt davomida u 200 ta uchrashuvda ishtirok etgan va 27 ta gol hamda 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shu bilan birga, Modrich 200 ta o'yin chegarasidan o'tgan jahon futbol tarixidagi to'rtinchi futbolchiga aylandi. Undan oldin bu natijaga Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Bader Al-Mutava erishgan.

Jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Portugaliya — Xorvatiya uchrashuvi 2:1 hisobida portugallar foydasiga yakunlandi. Toronto shahridagi “BMO Field” stadionida o'tkazilgan bahsda Modrich to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Ronaldu esa 68-daqiqada penaltidan gol urdi va o'yindan so'ng maydonni tark etdi. Mazkur o'yin Modrichning Xorvatiya terma jamoasidagi muhim tarixiy ko'rsatkichlari bilan ham esda qoldi.

    Boshqa yangiliklar