AsosiySPORT

Ronaldu JCH–2026 uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishini aytdi

"Bu mening oxirgi Jahon chempionatim. Undan zavq olish kerak", — dedi Ronaldu.

'Ronaldu JCH–2026 uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishini aytdi'ning rasmi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati uning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

"Bu mening oxirgi Jahon chempionatim. Undan zavq olish kerak", — dedi Ronaldu.

Uning ta’kidlashicha, Ispaniyaga qarshi uchrashuv qanday yakunlanishidan qat’i nazar, o‘z qaroridan afsuslanmaydi.

"Ming foiz. Men futbolni sevganim uchun o‘ynayman. Nima bo‘lmasin, baxtiyor bo‘laman. Faoliyatimning oxirigacha albatta g‘alaba qozonishim shart, degan bosimni o‘zimga yuklamayman", — dedi portugaliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionati hisoblanadi. U Portugaliya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati hamda 2019 va 2025 yillardagi UEFA Millatlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Portugaliya Jahon chempionati 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

    Boshqa yangiliklar