AsosiySPORT

Ronaldu Jahon chempionati bilan xayrlashdi. Ispaniya chorak finalga chiqdi

Ispaniya joriy mundialda hozirga qadar o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazmagan yagona terma jamoa bo‘lib turibdi.

'Ronaldu Jahon chempionati bilan xayrlashdi. Ispaniya chorak finalga chiqdi'ning rasmi

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Ispaniya terma jamoasi Portugaliyani minimal – 1:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Texas shtatining Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+1-daqiqada yarim himoyachi Mikel Merino tomonidan kiritildi.

Ushbu natijadan so‘ng Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi mundial bilan nimchorak final bosqichida xayrlashdi. Ispaniya esa chorak finalda AQSh hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuvdan keyin Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon Jahon chempionatlari tarixida gol o‘tkazmasdan o‘tkazilgan daqiqalar bo‘yicha o‘zining rekord seriyasini 609 daqiqaga yetkazdi.

Uning mazkur seriyasi 2022 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi o‘yinidan buyon davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar