AsosiySPORT

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez isteʼfoga chiqdi

52 yoshli ispaniyalik mutaxassis Portugaliya terma jamoasiga 2023 yil yanvar oyida bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

'Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez isteʼfoga chiqdi'ning rasmi

Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda u Ispaniyaga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Portugaliya mazkur bahsda Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda o‘tkazib yuborilgan yagona gol evaziga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

"Bu sikl o‘z nihoyasiga yetdi. Endi oldinga intilish vaqti keldi. Milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiyni tayinlash federatsiya prezidentining vakolati hisoblanadi. Menga ishonch bildirgan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman", dedi Roberto Martines.

52 yoshli ispaniyalik mutaxassis Portugaliya terma jamoasiga 2023 yil yanvar oyida bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning boshchiligida jamoa 2024–2025 yilgi UEFA Millatlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Martines faoliyati davomida Belgiya milliy terma jamoasini ham boshqargan. Shuningdek, Angliyaning "Everton", "Uigan Atletik" va "Suonsi Siti" klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Endilikda Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati chorak finalida Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar