AsosiySUG'DIYONA

Bayram dasturxoni uchun takliflar!

1.    Yangi yil dasturxonini tuzashda imkon qadar yorqin ranglardan foydalaning. Agar bisotingizda yorqin rangdagi dasturxon yo`q bo`lsa, oq ranglisini stol ustiga yozing-da, uzunasiga yorqin rangli matodan ikki qavat qilib yoying. Shuning o`ziyoq o`zgacha ko`rinish bera boshlaydi.

2.    Qo`l sochiq va idishlar ham dasturxon rangida bo`lishiga va bir uslubda taxlanishiga ahamiyat bering. Dasturxon bezashda bir turdagi idishlarni ishlating. Agar bu chinni bo`lsa, billurdan foydalanmang.

3.    Qo`l sochiqlar bilan birgalikda qog`oz salfetkalardan ham foydalaning. Bozorni bir aylanib chiqsangiz, qog`oz salfetkalarning bayram uchun atalgan turfa xilini topasiz.

4.    Qo`l sochiqlarni oddiygina tasma bilan bog`lab qo`ysangiz ham chiroyi ochiladi. Yoki tasmaga ignabargli daraxtning kichik shoxidan qo`shishingiz mumkin.

5.    Odatda, mehmon kutganimizdagina stolni barcha qoidalariga qarab bezatamiz. Ammo o`zimiz va oilamiz uchun esa xafsala qilmaymiz. Aslida, bu hafsala bizga faqat foydaligini o`ylab ko`rganmisiz?

5.1. Dasturxonda barcha idishlar o`z vazifasi uchun taxt bo`lib tursa, qayta-qayta turib o`tiravermaysiz, axir bayram, bayramdek o`tishi kerak-da.

6.    Dasturxon bezash barchaning o`z didiga bog`liq. Ammo Yangi yil dasturxoni markaziga kichik archa yoki archa o`yinchoqlaridan bezatsangiz, barchaga xaqiqiy bayramona kayfiyat bag`ishlagan bo`lasiz.

7.    Yana bir kichik maslahat: yangi yil stoli uchun eng yaxshi rang bu qizildir. U muhabbat va boylik ramzi bo`lib, Yangi yil oqshomida butun oilangizga bayram kayfiyati va ijobiy tuyg`ularni ulashadi. 

    Boshqa yangiliklar