1

Yangi yilni ko`ngildagidek kutib olish uchun 7 qadam

SUG'DIYONA 29.12.2016, 11:19
Teglar: Ayol, SUGDIYONA, Yangi yil
Yangi yilni ko`ngildagidek kutib olish uchun 7 qadam

1-qadam: Yangi yil ajoyibotlarga to`la bayram. Siz ham bolalikdagi kabi mo``jizalarga ishonasiz. Yangi yil oqshomini xush kayfiyatda, oilangiz va farzandlaringiz qurshovida, to`kin dasturxon atrofida kutib olyapsiz. Shuning o`zi bir mo``jiza emasmi? Aytishlaricha, Yangi yil kechasi qanday o`tsa, kirib kelayotgan yil ham shunday bo`lar ekan. Demak, yil davomida har kuni sizni mo``jizalar kutishiga ishoning.

2-qadam: Yangi yildan faqatgina yaxshiliklar kuting. O`tgan yil uchun shukr qiling. Yomon xayollarni ortda — eski yilda qoldirib, ular sizning ortingizdan ergashishlariga yo`l qo`ymang.

3-qadam: Yangi yilda «doim bizga bosh bo`lib yuring» deya qaynona-qaynota, ota-onangizni qutlab, bayramni siznikida kutib olishga taklif eting. Chunki siz bayramni sevimli insonlaringizsiz tasavvur qila olmaysiz.

4-qadam: Bayramona kayfiyatni o`zingiz yarata olasiz. Bolalaringiz bilan bayram kechasida archa atrofida turli o`yinlar, sahna ko`rinishlari, she`rlar aytishuvini o`tkazishingiz mumkin. Farzandlaringiz qanchalar zukko va aqlli! Bu sizning baxtingiz!

5-qadam: Sovg`aning katta-kichigi bo`lmaydi, asosiysi e`tibor. Bu haqiqat! Shuning uchun o`z qo`lingiz bilan yasagan, tikkan, to`qigan buyumlaringiz qimmatbaho narsalardan a`lo ekanligini yaxshi bilasiz. Sovg`alar bilan oila a`zolaringizni xushnud etish sizga ham xush kayfiyat bag`ishlaydi.

6-qadam: Yangi yil kechasining yagona go`zalisiz! Chunki labingizdan tabassum hech qachon arimaydi. Bejirim soch turmagi va egningizdagi orasta libos esa go`zalligingizni yana bir karra namoyon etadi.

7-qadam: Yangi yil kirib kelayotganidan darak beruvchi soat bongini eshitdingizmi? Yangi yilning ilk daqiqalarida orzu-istaklaringizni xayolingizdan o`tkazing. Ularning ijobatini chin dildan xohlang. Xayollar bir kun albatta moddiyatga aylanadi.

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1