FIFA Kanadadagi o'rmon yong'inlari oqibatida Nyu-York va uning atrofini qoplagan smogga qaramay, jahon chempionati finalini boshqa joyga ko'chirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan FIFA va AQSh Oq uyining 2026 yilgi jahon chempionati bo'yicha ishchi guruhi rahbari Endryu Juliani o'rtasida norasmiy muhokamalar o'tkazilgan.
Sinoptiklar ma'lumotiga ko'ra, havo sifati 18 iyul kuni qisman yomonlashgan bo'lsa-da, 19 iyulga kelib smogning asosiy qismi tarqalishi kutilmoqda.
Jahon chempionati finali Ist-Raterford shahridagi "Metlayf" stadionida bo'lib o'tadi. 17 iyul ertalab Nyu-Yorkda havo sifati indeksi 166 ni tashkil etgan va bu "sog'liq uchun zararli" daraja sifatida baholangan. Hozirda ushbu ko'rsatkich 67 gacha pasaygan bo'lib, u havoning o'rtacha darajada ifloslanganini anglatadi.
Argentina va Ispaniya o'rtasidagi final bahsi Toshkent vaqti bilan 20 iyul kuni soat 00:00 da boshlanadi.






