AsosiySPORT

Kannavaro: “Terma jamoa ichida “kalamush” bor”

Bosh murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, o‘zi bilan olib kelgan ayrim murabbiylarning maoshini shaxsan o‘zi to‘lamoqda.

'Kannavaro: “Terma jamoa ichida “kalamush” bor”'ning rasmi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro terma jamoa atrofida tarqalayotgan ayrim ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini aytib, bu kabi ma'lumotlarni jamoa ichidagi kimdir tarqatayotgan bo'lishi mumkinligini bildirdi.

Jahon chempionati yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumanida qatnashgan italiyalik mutaxassis ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berar ekan, o'ziga nisbatan tarqalgan yillik 4 million yevro maosh olayotgani haqidagi xabarlarni yana bir bor inkor etdi.

"Yana aytaman, men buncha pul olmayman. Kimdir yana noto'g'ri ma'lumot tarqatyapti. Nega bunday bo'layotganini bilmayman. Balki xorijlik murabbiy bo'lganim uchun shunday bo'layotgandir. Balki terma jamoa ichida "kalamush" bordir", dedi Kannavaro.

Bosh murabbiyning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, o'zi bilan olib kelgan ayrim murabbiylarning maoshini shaxsan o'zi to'lamoqda.

"Shartnomamga ko'ra, o'zim bilan olib kelgan murabbiylarga ham cho'ntagimdan maosh to'layman. Rolando Byanki umuman tekinga kelib, O'zbekiston milliy terma jamoasida ishlashga rozi bo'ldi. Agar yana yangi murabbiylarni jalb qilayotgan bo'lsak, bu ularga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi maosh to'layapti, degani emas. Ularni o'z mablag'im hisobidan olib kelyapman", dedi u.

Matbuot anjumani davomida Kannavaro terma jamoa atrofida tarqalayotgan tanqidlar va turli ma'lumotlarga ham to'xtalib, bir necha bor xorijlik murabbiy ekani sababli o'ziga nisbatan turli taxminlar va asossiz xabarlar tarqalayotgan bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

    Boshqa yangiliklar

    Kannavaro: “Terma jamoa ichida “kalamush” bor” - Darakchi.uz