AsosiySPORT

Islom Maxachev UFC 330 turnirida g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi

Maxachev ikkinchi raundda raqibini nokdaunga uchratdi.

'Islom Maxachev UFC 330 turnirida g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi'ning rasmi

Rossiyalik MMA jangchisi Islom Maxachev Filadelfiyada o'tkazilgan UFC 330 turnirining markaziy jangida irlandiyalik Ien Machado Garrini mag'lub etdi.

Jang to'liq besh raund davom etdi. Maxachev ikkinchi raundda raqibini nokdaunga uchratdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan — 49:46, 49:46, 48:47 hisobida g'alaba qozondi.

34 yoshli Maxachev shu tariqa yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi. Uning ketma-ket g'alabalari soni 17 taga yetdi. Bu UFC tarixidagi eng uzoq g'alabali seriya hisoblanadi. Avvalgi rekord braziliyalik Anderson Silvaga tegishli bo'lib, u 16 ta jangda ketma-ket g'alaba qozongan.

Maxachevning professional MMAdagi rekordi 29 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatdan iborat. Machado Garri esa faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

    Boshqa yangiliklar

    Islom Maxachev UFC 330 turnirida g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi - Darakchi.uz