1

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotni namoyish qildi (Foto)

Sport 07.01.2017, 10:00
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotni namoyish qildi (Foto)

FIFA o`z talqini bo`yicha yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotni mukofotni namoyish qildi.

"The Best" nomini olgan ushbu mukofot uchun “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu, “Barselona” etakchisi Lionel Messi va “Atletiko” forvardi Antuan Grizmann kurash olib boradi.

Mukofot shu yilning 9 yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida bo`lib o`tadigan tantanali marosimda topshiriladi.

Qayd etish joiz, 2016 yilgi mavsumdan boshlab France Football va FIFA dunyoning eng yaxshi futbolchisini alohida-alohida aniqlab, ularga boshqa-boshqa  sovrinlar topshiradigan bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, France Football tomonidan beriladigan “Oltin to`p”ga bu yil Krishtianu Ronaldu egalik qildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1