Xonanda Iroda Iralieva 10 yanvar kuni ilk marotaba onalik baxtiga sazovor bo`ldi. Bu haqda “Shok.uz” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Iroda Iralieva o`g`il farzandni dunyoga keltirgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, xonanda bir yil avval turmushga chiqqan, biroq Iroda Iralieva bu ma`lumotni oshkor qilmagan edi.
Iroda Iralieva Ulug`bek Rahmatullaev bilan “Mini yubka 2” duetini kuylaganidan so`ng mashhurlikka erishgan edi.






