AsosiyDunyo
4224

Qo`li telefon bilan band bo`lgan xitoylik haydovchi avtobusni oyog`ida boshqardi (Video)

Xitoyda yo`lovchi tashish bilan shug`ullanuvchi avtobus haydovchisi qo`li smartfoni bilan band bo`lgani uchun avtotransportni oyog`i bilan boshqardi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Bu holatni ko`rib, avtohalokatdan xavotirlangan yo`lovchilardan biri mazkur voqeani videoga oldi.

Kadrda haydovchi o`rindig`ida o`tirgan erkakning qo`li telefon bilan band bo`lganligi tufayli avtobusni oyog`i bilan boshqargani aks etgan. U shu holatda  avtobusni shahar ko`chalarida boshqargan.  

Voqeaga guvoh bo`lgan yo`lovchi mazkur fakt yuzasidan polisiyaga murojaat qilgan, ayni vaqtda huquq-tartibot idorasi xodimlari transport kompaniyasi ustidan tekshiruvni boshlagan.

Boshqa yangiliklar