1

Erkaklar g`ashiga tegadigan 5 an`anaviy odat

SUG'DIYONA 12.01.2017, 16:15
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin, SUGDIYONA
Erkaklar g`ashiga tegadigan 5 an`anaviy odat

Turmush o`rtog`ingizning ovqatni chalpillatib chaynashi, kir paypog`ini to`g`ri kelgan joyga echib otishi, xudo ko`rsatmasinu, futbol ko`rayotganida sizni dard tutib qolsa ham qayrilib qaramasligi asabingizni buzadi. Ammo, biz ayollarning ham erkaklar hazm qila olmaydigan g`alati-g`alati odatldarimiz borki, ularni tan olmaslik uyat bo`ladi.

 

1. Siz saranjomlik jinnisisiz. Uyingizda hamma narsa joy-joyida bo`lishini istaysiz, eringizdan ham shuni talab qilasiz.

Aslida saranjom-sarishtalikning hech yomon joyi yo`q. U ayol kishini zavqlantiradi, bahru-dilini yayratadi. Qolaversa, uyni yig`ishtirish jarayonida asablar ham tinchlanadi.  Ammo turmush o`rtog`ingizdan ham orastalikka amal qilishini talab qilaverishingiz yoki hech bo`lmaganda sizning urinishlaringizni  qadrlashini istashingiz nojoiz. Unga paypoqlari futbolkalar bilan bir tortmada yotadimi yoki alohida polkaga taxlanib qo`yiladimi, umuman ahamiyatsiz. Erkak kishining bosh qotirishi uchun bundan muhimroq masalalar keragicha, uning mayda-chuydalarga vaqti yo`q (o`zining hisoblashi bo`yicha, albatta).

Nima qilish kerak?

Agar siz uyingizdagi ideal orastaliksiz yashay olmasangiz, kimnidir bunga majburlashingiz shart emas, o`zingiz harakat qiling. Ammo buni yuksak baholashlariga ham umidvor bo`lmang, chunki birov uchun emas, o`zingiz uchun harakat qilayapsiz.

 

2. Vaqti-vaqti bilan qomatingiz tashvishini qilib parhez tutasiz va bu haqida gapirishni yaxshi ko`rasiz. Kamida juftingizni ham engilroq taomga o`rgatmoqchi bo`lasiz.

Har qanday erkakning ham bundan jahli chiqadi. To`g`ri-da, semirayotgan siz-u, jabr ko`radigan u bo`lsinmi? Eringiz uchun ovqatning kalloriyasi muhim. Uning uchun go`shtsiz taom engil salatdek to`yimsiz bir ozuqa demakdir.

Nima qilish kerak?

Go`zal va xushbichim bo`lmoqchimisiz? Marhamat! Lekin, bu jarayonning har bir bosqichi haqida eringizni xabardor qilish va ayniqsa uni parhezingizga qo`shish hech ham shart emas! Harakatlaringiz samara berib, tashqi ko`rinishingizda ijobiy tomonga o`zgarishlar paydo bo`lsayu, o`zingizga bo`lgan ishonchingiz ham oshsa, buni begingiz albatta sezadi. Uning uchun qo`llanilgan usullar emas, ko`ringan natija muhim.

 

3. Ozodalikni sevasiz va turmushingizning turfa yoqimsiz hidlardan xoli bo`lishini istaysiz. Shuning uchunmi, turmush o`rtog`ingizga hadeb, siz sovg`a qilgan yangi dezodorantdan foydalanishini eslataverasiz.

Aslida erkaklar ayollarga nisbatan hidlarga ta`sirchanroq bo`lishadi. Aynan shu sabab, ular o`z ayolidagi faqat ungagini xos hidni ilg`ay olishga qodir. Agar siz hadeb rang-barang fransuz atirlaridan foydalanaversangiz, bu uning sizga ishtiyoqini pasaytirishi ehtimoldan holi emas. Juftingizga atir haqida hadeb eslataverishingizni esa u, «meni xushlamayapti», deb ham qabul qilishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Uni aynan bitta o`zingizga yoqadigan atir hidiga o`rgating. Bundan avval shu hidning uning o`ziga ham yoqishiga ishonch hosil qilishni unutmay, albatta. Erkaklar did va ijtimoiy odatlar borasida juda konservator bo`lishadi. Biror atirga o`rgandimi, bo`ldi undan har doim foydalanishadi.

 

4. Siz u bilan o`z dugonalaringiz, kasbdoshlaringizni muhokama qilishni yaxshi ko`rasiz.  

Begingizning siz va dugonalaringiz orasidagi munosabatni anglab, ro`y beradigan vaziyatlarni xolis baholashini istashingiz noo`rin. U ba`zan birgina ayolni-sizni tushuna olmaydi-yu, siz unga bir necha ayol-dugonalaringiz yurish-turishi haqida hikoya qilib o`tiribsiz-a?!

Erkak kishining tabiatida, ayollarning nozik hissiyotlarini anglash, ularga yupatinch bo`lishga moyillik yo`q. Ular uchun harakat qilish his qilishdan ko`ra osonroq. Shunday ekan, sizning dugonalaringiz haqidagi tinimsiz hikoyalaringiz unda ulardan biriga nisbatan qiziqish uyg`otib qo`ysa, o`zingizdan ko`ring! Buning sizga hech keragi yo`q-ku, to`g`rimi?

Nima qilish kerak?

Dugonalaringiz bilan munosabatda eringizning ishtiroki shart emas. Oilangiz sizning shaxsiy hududingiz. Turmushingizga dugonalaringizni, shuningdek, dugonalaringiz davrasiga eringizni olib kirmang. Agar u atrofingizdagilarning birortasiga qiziqib qolganini sezsangiz, suhbatlaringizda u haqida gapirmay qo`yganingiz ma`qul.

 

5. Siz u bilan qanday tanishganingiz, munosabatlaringiz rivoji qay tarzda kechgani haqida eslashni xush ko`rasiz. Va xoxlaysizki, bu jarayonda u ham ishtirok etsin.

Uning uchun jarayon emas, natija muhimligi haqida yuqorida ham aytib o`tdik. Natija esa qarshisida, uning issiq-sovug`iga qarab, farzandlarini tarbiyalab yuribdi. Unga yana nima kerak? Yo`q, usiz o`ylaganchalik boqi-beg`am emas, uning tasavvuri juda boy. Biroq u o`tib ketgan narsalar haqida nega qayta-qayta gapirish kerakligini umuman tushunmaydi. Erkak o`z hissiyotlarini so`zda ifodalashni, ularni qayta-qayta muhokama qilishni sevgisini isbotlashning asosiy usuli deb bilmaydi xolos.

Nima qilish kerak?

Undan siz uchun aziz bo`lgan biror-bir voqeani hatto eslolmagani uchun o`pkalab yurmang. Nima ham qilardingiz, erkaklarni tabitat shunday yaratgan axir! Juda xotiralarga berilgingiz kelsa, yaxshisi bu borada sevimli dugonangiz bilan kelishib, bir finjon qahva ustida suhbatlashib, ko`nglingiz chigilini yozing. Ayol qalbini ayol tushunadi. Faqat… Suhbat uchun chorlagan dugonangizning sizga hasad qilmasligiga, avvaldanoq ishonchingiz komil bo`lishi kerakligini yodda tuting.

Gulnoza Alimova

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1