1

Farg`ona viloyatida 16 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

Jamiyat 19.01.2017, 17:18
Teglar: Pasport
Farg`ona viloyatida 16 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 20 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to`g`risida”gi farmoniga muvofiq O`zbekiston fuqaroligi berilgan shaxslarga O`zbekiston Respublikasi pasporti topshirilmoqda. Farg`ona viloyatida 16 kishiga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Bosh qomusimizda O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qanday asoslarda ega bo`lganlikdan qat`i nazar, mamlakatimizning barcha hududlarida hamma uchun teng bo`lgan yagona fuqarolik belgilab qo`yilgan. Fuqarolik davlat tomonidan barcha shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarni ta`minlashning asosi hisoblanadi. 

O`zbekiston konstitusiyaviy normalarni hayotga tatbiq etish doirasida O`zbekiston Respublikasining hududi va uning tashqarisida o`z fuqarolarining huquqiy himoyasi va muhofazasini ta`minlaydi. Fuqarolik pasportimizning so`nggi beti – muqovasi ichiga “Pasport O`zbekiston Respublikasi mulkidir. Ushbu pasportning egasi O`zbekiston Respublikasi himoyasidadir”, degan so`zlar o`zbek va ingliz tillarida bitilgan. 

Prezidentimizning yuqoridagi farmoni xalqimiz tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi. Farg`ona shahrida o`tkazilgan tadbirda yuksak sharafga, maqomga ega bo`lganlar o`zlarining mamnuniyat va shukronalarini bildirdi.

Sharhlar

Jazo muddatini o`tayotganlarga ID-kartalar topshirilib, saylovda ishtirok etishlari ta`minlanmoqda

23.08.2021, 16:27

Xabaringiz bor, yaqin Prezident sayloviga ham ozi muddat qoldi. Shu munosabat bilan Oliy majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili tashkilotlar bilan hamkorlikda O`zbekistondagi jazoni ijro etish...
O`zbekistonda qizil pasport uchun to`lov arzonlashtiriladi

25.07.2021, 15:36

2022 yil 1 yanvardan bir qator davlat xizmatlarini ko`rsatilishi uchun undiriladigan to`lovlar kamaytirilmoqda va ayrimlari uchun to`lov bekor bo`lmoqda. Bu Prezidentning «Davlat xizmatlari ko`rsatish infratuzilmasini...
18 yoshga to`lmagan fuqaro pasport olmasa jarima to`laydimi? Mas`ul javob berdi

14.06.2021, 18:42

18 yoshga to`lmagan shaxsni o`z vaqtida fuqarolik pasportini olmaganligi sababli uni ma`muriy javobgarlikka tortish Mumkinmi? Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O`rinbaeva ushbu savolga javob berdi. – Ma`muriy...
Ekopartiya a`zosi Toshkentga keluvchilar uchun yangi tizimni taklif qildi, bloger unga javoban “viloyatliklarning pasporti qora bo`lsachi?” demoqda

11.12.2019, 18:36

Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1