AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev bugun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

'​Shavkat Mirziyoev bugun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 yanvar – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan Samarqandga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur`on tilovat qilindi.

Samarqand dunyoga mashhur, ko`pchilik bir ko`rishni orzu qiladigan Registon, Bibixonim, Shohi Zinda, Hazrati Xizr ziyoratgohlari qatorida bugun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov mangu qo`nim topgan maskan sifatida ham e`tirof etilmoqda.

Ziyoratchilar qadami uzilmaydigan bu joy bugun tabarruk maskanga aylangan. Mamlakatimizning turli hududlaridan kelayotgan yurtdoshlarimiz Islom Karimov xotirasini yod etib, u kishining Vatan, xalq oldidagi ezgu ishlarini esga olmoqda.

Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi. Samarqand viloyati har tomonlama obod qilinib, butun jahondan keladigan mehmon va sayyohlarning havasini tortmoqda. Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, bunday muqaddas qadamjolarning yanada obod bo`lgani ko`pgina musulmon mamlakatlari davlat arboblari va jamoatchiligi, minglab ziyoratchilarning yuksak e`tibori va hurmatiga sazovor bo`lmoqda.

Bu xayrli ishlar bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida tizimli ravishda davom etirilmoqda.

Boshqa yangiliklar