AsosiyJamiyat
11205

Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan ehson marosimlarida Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi

'Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan ehson marosimlarida Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi'ning rasmi

30 yanvar O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan mamlakatimizdagi ta`lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar, xotira kechalari o`tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarda Islom Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko`p asrlik tarixida o`chmas iz qoldirgani, nafaqat O`zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro`-e`tiborga sazovor bo`lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgani e`tirof etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi "O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida"gi qarori xalqimiz ko`nglidagi niyatning yorqin ifodasi bo`ldi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludi sanasi – 30 yanvar kuni poytaxtimiz Toshkentda, Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson berildi. Samarqand va Toshkentdagi marosimlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar