AsosiyDunyo
4505

​Aktyor Arnold Shvarsenegger Trampga o`rin almashishni taklif qildi

'​Aktyor Arnold Shvarsenegger Trampga o`rin almashishni taklif qildi'ning rasmi

Janjal ilgari Tramp boshlovchilik qilgan “Mashhur insonning shogirdi” teleshousidan kelib chiqdi, deb xabar qildi “Argumenti.ru” nashri.

Mazkur teleshouga endi “Temir Arni” boshlovchilik qilmoqda. Donald Tramp esa ko`rsatuvning reytingi tushib ketgani uchun Shvarseneggerning ustidan kuldi. Janjalda Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o`zini tutib, xushmuomala bo`lishga harakat qildi. Tramp o`zi boshlovchilik qilganda shouning reytingi balandligiga shama qilganda, aktyor unga o`rin almashishni taklif qildi. “Tramp reytingni ko`tarish bo`yicha mutaxassis ekan, unda teleshouga o`zi boshlovchilik qilsin, men esa prezidentlik qilaman. Shunda hamma xotirjam uxlaydi”, deb kinoya qildi Arnold Shvarsenegger.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar