AsosiyDunyo
6633

​Barak Obama do`sti bilan jannatmakon orolda dam olmoqda (Foto)

'​Barak Obama do`sti bilan jannatmakon orolda dam olmoqda (Foto)'ning rasmi

AQSh prezidentligini Donald Trampga topshirgan Barak Obama rafiqasi Mishel bilan do`sti, milliarder Richard Brensonning Karib dengizidagi shaxsiy orollaridan biriga dam olish uchun jo`nagan edi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Obamalar dam olayotgan orolga 1978 yilgacha inson qadami etmagan. Uni Virgin Group kompaniyasi asoschisi 180 ming dollarga sotib oldi. Mazkur orolni xususiy kurortga aylantirish uchun 3 yil vaqt kerak bo`ldi. Biznesmen orolda villalar qurish uchun o`n million dollar sarfladi.

Oq uyning sobiq rahbari milliarder do`sti bilan birgalikda motorli qayiqlarda suzib, suv chang`isida uchmoqda. Ularning ekstremal sayr-tomoshasi aks etgan videolavhani Brenson 7 fevral kuni rasmiy YouTube kanaliga joylashtirdi.

Sobiq prezident va milliarder hazil tariqasida, o`zaro kaytserfing bo`yicha musobaqa uyushtirishdi. Poyganing sharti bo`yicha, kim uzoq vaqt muvozanat saqlay olsa, o`sha odam g`olib hisoblanadi. Kadrda Barak Obamaning taxta ustidan suvga qulab, mag`lubiyatga uchraganini ko`rish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar