1

​Erning qarindoshlari bilan qanday chiqishish mumkin?

SUG'DIYONA 08.02.2017, 16:19
Teglar: Oila, Er-xotin
​Erning qarindoshlari bilan qanday chiqishish mumkin?

Qiz bola palaxmon toshi degan gap bejiz aytilmagan. Kelin bo`lib ota uyini tark etayotgan qizni «borgan joyingda toshdek qotgin», deb ham duo qilishadi momolarimiz. O`ylab qolasan, kishi, nega aynan tosh? Buni chiroyliroq qiyosga almashtirish ham mumkin edi-ku?! Javob topishga uringaningda turfa taxminlar, mulohazalarga duch kelasan. Ehtimol bu yangi xonadonga moslashish, yangi oila a`zolari ko`ngliga yo`l topish uchun toshdek og`ir-vazmin bo`lish kerak, deganimikan?.. Xullas, palaxmon toshi otildi. Qiz o`zga xonadonga kelin bo`lib tushdi. Endi u turmush o`rtog`ining oila a`zolari va qarindosh-urug`lari ko`ngliga yo`l topa olishi kerak. Aks holda…

Oltin qoidalar

Qaynota, ayniqsa, qaynonasidan, qaynopayu qaynsingillaridan noliydiganlarni ko`p uchratamiz. Ular bilan til topisha olmaslikning esa ikki asosiy natijasi bor. Yaxshisi — ular bilan yaxshi munosabat o`rnata olsangiz, ahil oilaga ega bo`lasiz. Yomoni — eringizning yaqinlari bilan o`rtangizdagi salbiy munosabat o`z oilangizning ham buzilishiga sabab bo`lishi hech gap emas. Xullas, qaynota-qaynonangiz bilan bir tom ostida yashaysizmi, alohidami, ular bilan munosabatlarda muayyan qoidalarga amal qilganingiz foydadan xoli bo`lmaydi.

1. Qaynonangizdan tez-tez maslahat so`rab turing. Qaynonangiz buni e`tiborliligingizga yo`yib, xursand bo`ladi. Agar biror gapi sizga yoqmayotgan bo`lsa, rad etishga shoshilmang. Bosiqlik va hurmat bilan o`z variantingizni ham taklif qilib ko`ring.

2. Bardoshli bo`ling. Bu qoida har bir ishda, hatto, eng mayda ishda ham qaynota-qaynonasining maslahatlar beraverish odati borlarga tegishli. Ayniqsa, gap farzandingiz salomatligi borasida ketayotgan bo`lsa, buva va buvisining ko`rsatmalarini qat`iy rad etmang. Axir ular nima bo`lganda ham, yaxshilik istashadi. Hatto, maslahatlar haddan ortib ketayotgani sizga yoqmayotgan bo`lsa ham buni ularga bildirishingiz shart emas. Shunchaki vazminlik bilan qaror qabul qiling.

3. Qaynonangizning har qanday sovg`asini qabul qiling. Agar ular orasida sizga yoqmaganlari bo`lsa ham javoningizning bir burchagiga tashlab qo`ymasdan, hech bo`lmasa, qaynonangiz oldida foydalansangiz, sizdan xursand bo`ladi.

4. Har bir bayramda tabriklashni unutmang. Yangi xonadonga kelin bo`lib tushgach, har bir tug`ilgan kun va boshqa bayramona sanalarni aniqlab, o`zingiz uchun belgilab qo`ying. Bu borada turmush o`rtog`ingizga suyanmasangiz ham bo`ladi. Erkaklar bunday «mayda-chuyda»larni har doim ham eslab qolavermaydi. Aksincha, unga otasi yoki onasining tug`ilgan kuni ekanini o`zingiz eslatib turishingizga to`g`ri keladi.

5. Farzandlaringizni buva-buvisiga mehrli qilib tarbiyalang. Ular uyingizga mehmon bo`lib kelishsa, xursand bo`ling. Bolalarga buvajonisi va buvijonisi olib kelgan o`yinchoqlarni maqtang, qo`ng`iroq qilib, bolalaringizni qaynota-qaynonangiz bilan gaplashtiring. Axir hammadan ham bu aynan farzandlaringiz uchun kerak! Ular nafaqat ota-onaga, shuningdek, sevimli buva va buviga ham muhtoj. Bola atrofida mehrli va mustahkam oila muhitini yaratish aynan sizning qo`lingizda.

Ayrim «mumkin emas»lar

  • Birinchidan, har qanday vaziyatda ham turmush o`rtog`ingiz yonida uning yaqinlarini, ayniqsa, onasini yomonlab gapirmang. Unga onasi bilan gap talashib qolganingiz tafsilotlarini so`zlab berishga shoshilmang. Qaynonangizning bu tortishuvdagi noto`g`ri xatti-harakat va gap-so`zlarini izohlashga urinmang. Vazmin bo`ling!
  • Ikkinchidan, turmush o`rtog`ingiz ikki o`t orasida qolib ketadigan vaziyatni yuzaga keltirmaslikka harakat qiling. Unga yaqinlari bilan o`rtangizdagi ziddiyatlardan shikoyat qilish o`rniga muammoni mustaqil hal qilishga urining. Hech ilojini topolmasangiz, turmush o`rtog`ingizni muammoning amaliy echimini topish uchun jalb qilishingiz mumkin.
  • Va nihoyat, agar uning oilasi bir-birini ma`qullamaydigan ikki guruhga bo`lingan bo`lsa, hech bo`lmasa bir tomonning hurmatini qozonish uchun ulardan biriga yon bosmang. Betaraflikka rioya qilib, hamma bilan bir xil munosabatda bo`lishga urining. Shunda fitnachi, janjalkash kabi nomga ega bo`lmaysiz.
  • Xulosa
    Turmush o`rtog`ingiz va uning yaqinlari bilan munosabatda bir umumiy qoidaga amal qiling. Bu ham bo`lsa, samimiylik. To`g`ri, hammadan ko`ra turmush o`rtog`ingiz bilan bir-biringizni tushunish osonroq kechadi. Axir o`rtada muhabbat bor! Umuman, yangi oila a`zolari bilan til topishish o`zaro hurmat asosida qurilishi lozim. Bu hurmatga erishish uchun esa, avvalo, o`zingizni hurmatga arziydigan tarzda tutsangiz kifoya.

    Sharhlar

    O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

    26.09.2021, 17:45

    O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
    O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

    27.05.2021, 16:56

    AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
    Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

    03.12.2019, 10:59

     Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
    O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

    14.11.2019, 18:36

     O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1