Biz ishlaydigan tashkilotda oylik maoshlarimizning asosiy qismi plastik kartochka orqali to`lanadi. Ma`lum qismi esa naqd shaklda. Ammo ana shu naqd shakldagisini har oy bir xil vaqtda berilmaydi. Ayting-chi, banklar tomonidan pensiya, nafaqa, oylik va boshqa to`lovlar qaysi muddatlarda to`lanishi kerak?
Latif Qurbonov, Toshkent viloyati
M.Eshmatov, Markaziy bank raisi o`rinbosari:
— Banklar tomonidan aholi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga naqd pullarni berish “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to`g`risida”gi yo`riqnomaga asosan birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarga, pensiya, nafaqa, stipendiya, xizmat safari xarajatlari, shuningdek aholi omonatlarini to`lash uchun amalga oshiriladi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga pul berish muddatlari jamoa shartnomalari va boshqa lokal me`yoriy hujjatlarga asosan ular bilan kelishilgan holda belgilanadi.
24.07.2021, 19:29
Hukumat qarori bilan ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to`liq qoplab berish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom...28.06.2017, 15:30
Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...19.06.2017, 15:44
Bugun mamlakatimizda yoshlarni o`zi tanlagan sohaning malakali mutaxassisi bo`lib etishishi uchun tizimda izchil islohotlar o`tkazilmoqda. Ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talabiga to`liq javob berish uchun...12.06.2017, 13:14
Zamonaviy hayot tarzi har birimizdan maksimum quvvat, doimiiy e`tibor va diqqatni talab etadi. Biz 24 soat davomida hamma ishga ulgurishga intilamiz, faqat kundalik yoki kelajak...