AsosiyDunyo

​Turkiyada ikki avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi

'​Turkiyada ikki avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Turkiyaning sharqiy qismida joylashgan Igdir va Aralik shaharlari orasidagi yo`lda ikki avtobus to`qnashishi oqibatida 6 kishi halok bo`ldi, 20 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Avtobuslarning to`qnashuviga nima sabab bo`lgani hozircha noma`lum. Voqea joyiga polisiya va “Tez yordam” xodimlari etib keldi. Jabrlanganlar kasalxonaga olib ketildi. Avtobusga qattiq zarar etgani tufayli uning ichida qamalib qolgan yo`lovchilarni qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar