AsosiySUG'DIYONA
6003

​Go`shtli qayla

'​Go`shtli qayla'ning rasmi

Qaynota-qaynonangiz uchun maxsus!

Zarur masalliqlar: 400 gr. mol go`shti, 200 ml. smetana, 2 bosh piyoz, 1 osh qoshiq tomat, 1 choy qoshiq un, tuz, murch, o`simlik yog`i.

Tayyorlanishi: 1. Go`shtni 1 sm. qalinlikda o`rtacha kattalikdagi bo`laklarga bo`ling. Bolg`acha bilan ozgina uring-da, bir barmoq kattaligida kesing.

2. Qizdirilgan o`simlik yog`iga go`shtning yarmini soling. Baland olovda arlashtirib turgan holda 1-2 daqiqa qovuring. So`ngra qolgan go`shtni qovurib oling.

3. Piyozni maydalab to`g`rab, qovuring. Unni ham qo`shib, aralashtiring.

4. Qovurilayotgan piyozga smetana, tomat, tuz va much solib, yarim stakan suv ham quying-da, past olovda qaynating.

5. Qovurilgan go`sht bo`laklarini ham tovaga solib, bir qaynab chiqqach, qopqog`ini yopasiz-da, yarim soat dimlaysiz.

6. Go`shtli qaylani qaynatilgan guruch yoki makaron bilan dasturxonga tortish mumkin.

4 kishilik

1 soatu 20 daqiqa

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar