AsosiyJamiyat
4515

​Samarqandda birovning “Nexia”sini haydab qochgan ikki shaxs qo`lga olindi

'​Samarqandda birovning “Nexia”sini haydab qochgan ikki shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati, Samarqand shahrida noma`lum shaxs ko`chada qarovsiz qoldirilgan Xossa MFYda yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan fuqaroning ishonch qog`ozi orqali boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasini haydab qochib ketgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchilar, 1991 yilda tug`ilgan ikki nafar shaxs sodir etganliklari aniqlanib ushlandi.

“Hozirgi paytda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jabrlanuvchi esa endi avtomashinasini qarovsiz qoldirmaydigan bo`ldi”, deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar