1

​Eringizni bir qarashda tushuning!

SUG'DIYONA 03.03.2017, 14:47
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
​Eringizni bir qarashda tushuning!

Biz — ayollarning izquvarligimizga Sherlok Xolms ham havas qilsa arziydi. Rost-da, axir eshikdan kirib kelgan juftimizning xatti-harakatiga qarab, uning qanday kayfiyatda ekanligiyu maosh oldimi-yo`qmi, to`g`ri uyga kelayaptimi yoki onajonisining eshigidan ham mo`ralab qo`ydimi, xullas, hamma-hammasini bilib olamiz. Biroq qanchalik ziyrak bo`lmaylik, o`tayotgan hayotimiz kutilmagan «sovg`a»larga boy bo`lib, ba`zan nazoratni qo`ldan chiqaramiz. Xo`sh, shunday vaziyatga tushib qolmaslikning iloji bormi? Keling, shu haqda suhbatlashamiz.

SEVADI-SEVMAYDI?

Muhabbat borasida erkaklar ikki guruhga ajratilar ekan. Biri eshitish orqali, ikkinchisi ko`rish hissi bilan sevadiganlar.

Ko`rish hissiyoti ustunlik qilgan erkaklar chiroyli manzaralar, xushbichim liboslar va albatta, go`zal ayollarga shaydo bo`lishadi. «Ko`ramiz...», «Ko`zimga issiq ko`rindi...», «Menga qarab gapir...» kabi jumlalar bu toifadagilarning tez-tez qo`llaydigan so`zlari. Bunday go`zallik shaydosini faqat ziyraklik bilan nazorat qilish mumkin.

Eshitish sezgisiga bo`ysunadigan erkak bilan yashash bir qarashda oson tuyulsada, ularning bir qator kamchiliklari ham yo`q emas. U xuddi diktofonga o`xshaydi. Qachon, qaysi vaziyatda nima deganingizni yaxshi eslab qoladi. «Sen qanday fikrdasan?» «Gaplaring ishonchsiz...» «Kel, gaplashib o`tiramiz» kabi jumlalar ularga xos. Ular yaxshi umr yo`ldosh va maroqli suhbatdosh bo`lishadi. Yagona e`tiroz: har bir gapni o`ylab so`zlamasangiz, bir kun kelib, qarshi «qurol» sifatida foydalanishi mumkin.

HIS TUYG`ULAR ASIRI...

Yana bir toifa erkaklar ham bor. Ularda juftini his etish tuyg`usi etakchilik qilib, ko`proq ruhiy holatga bo`ysunishadi. Biror qaror qabul qilishlari uchun ham ancha vaqt talab etiladi. Siz uni «...deb o`ylayman», «...menga shunday tuyuldi», «Shunday bo`lishini ko`nglim sezgandi» kabi so`zlaridan tanib olasiz. Agar juftingiz tuyg`ular asiri bo`lsa, undan dadillikni kutmang. Yaxshisi, mustaqil bo`lishi uchun ko`maklashing.

E`TIBOR TALAB QILSA...

Turmush o`rtog`ingizning dasturxon atrofida o`tirib, piyolani taqillatish yoki sochiqni buklash odati bo`lsa, u shu yo`l bilan e`tibor talab qilayotganini bildiradi. «Menga ahamiyat berishingni istayap­man» degan ichki nidoni shu tarz­da namoyon etadi. Odatda, bunday erkak­lar biroz jahldor, qaysar va meniki to`g`ri, deyishsa-da, rafiqasining diqqat-e`tibori bilan muloyimlashadi.

KO`ZLARI NIMA DEYDI?..

Bu eng sinalgan va ishonchli usullardan biri. Ammo «tergov» qilayotganingizni bildirib qo`ymang. Ya`ni ko`zlariga tik qaramang. Bo`lmasa, sirlarimizni bilib olishadi-ya...

Eringiz siz bilan suhbatlashayotib, ko`zlarini tez-tez pirpiratsa, yo yolg`on gapirayapti, yoki biror voqeadan qattiq ta`sirlangan. Balki gaplaringizdan to`lqinlanib ketgandir? Masalan, «Maoshingizni bering, yangi ko`ylak olaman», degan bo`lsangiz...

Ko`zlari katta ochilgan bo`lsa, suhbat unga zavq bag`ishlayapti. Shu bilan birga, erkakning ushbu holati u bilan ko`proq vaqt o`tkazishingiz kerakligiga ham ishoradir.

Bir nuqtada «qotib qolgan» nigoh ojizlik belgisi. Bunday insonlar muammolarga tez taslim bo`lib, chora topishga qiynalishadi.

Chaqnab turgan ko`zlar bir xil hayot tarzidan tez zerikadigan erkaklarga xos. Juftingiz ana shunday inson bo`lsa, munosabatlaringizga yangilik kiritishdan erinmang.

Olma terayotgan ko`zlar. Erkak biror aybini yashirayapti, og`iz juftlab, nimadir demoqchi-yu, jur`ati etmayapti yoki hadik, xavotir, qo`rquvni ifodalashi mumkin.

«MENING YoRIM ALDOQChI...”

Biror aybi yoki kamchiligini yashirmoqchi bo`lgan erkak, avvalo, nigohini olib qochadi. So`zlayotganda ko`zini ishqalashi, burnining ustiga tez-tez qo`l tekkizishi mumkin. «Rosa­ charchadim...» «Ertaga gaplashaylik...» va so`ramasangiz ham «Aldayotganim yo`q» degan jumlalar biror nimani yashirayotganini anglatishi shubhasiz. Siquvga olganingizning foydasi yo`q. Bir tarafdan ba`zilar kabi «Borim shu, istamasang, katta ko`cha» demayotganiga ham shukr. Biroq yolg`on gapirish odatiga barham berish uchun uning ishonchini qozonishingiz kerak. Har zamon «Men sizga ishonaman» kabi so`z­lar bilan o`rtadagi masofani qisqartiring.

QO`LI ChO`NTAGIDA...

Ilk uchrashuvga chiqqaningizdayoq kuyovto`ra qo`llarini shimining cho`ntagidan chiqarmagani, e`tiboringizni tortdi, shundaymi? «Namuncha o`zini osmon bilmasa» degansiz-a ichingizda? Xo`sh, endi-chi?! Chindan «osmon»mikan yoki bu odati xarakteridanmi? Aslida, bu xarakter. Jiddiy, har narsada aniqlik va rejali ish ko`rishni afzal bilgan erkaklarga xos odat. Ha-ya, bunday erkaklar ayolini qadrlaydigan va oilasi oldida mas`uliyatni his etadigan bo`lishadi.

QO`LLAR HARAKATIGA KO`RA...

Qo`llar nafaqat ayollarning tashrif qog`ozi, balki qarshi jins vakillarining fe`l-atvorini ayon qilguvchi vositadir ham. Demak, diqqatni qo`llariga qaratamiz.

Suhbat chog`i eringiz qo`l kaftini tashqariga qaratib harakatlantiradi yoki shu yo`l bilan biror nimani tushuntiradi. Bunday erkaklar qo`li ochiq va mehribon bo`lishadi.

Gaplashayotganda biror narsa-buyumga tegsa, u juda ziyrak va har bir ishni o`ylab amalga oshiradigan puxta inson.

Savol berganingizda peshanasi, sochi, qulog`ini ushlayverish qat`iyatsizlikni namoyish etadi.

Qo`lini musht qilib tukkan erkakni ko`pincha, uradigan erlar toifasiga kiritishadi. Aslida esa bu harakat agressiya yoki biror voqeadan jahllanishni bildiradi. Qo`rqmang, ularni shirin so`z bilan mumdek eritib olasiz.

Kechagina yuvibdazmollangan ust-boshini besabab qoqaversa, sizdan yoki biror ishingizdan norozi. Uning yo`q joydan muammo axtaradigan odati bor. Tinch yashayman desangiz, «Sizniki ma`qul» deya, maqbul ish tuting.

Muxtasar aytganda, erkaklarni fosh qilish uchun alohida tayyorgarlik shart emas. Imo-ishoralar tilini o`rganish uchun soatlab kitob varaqlashning ham hojati yo`q. Muhimi, ayollik zakovatingizni ishga solsangiz, har qanday holatni ham to`g`ri tahlil qilolasiz.

MARJONA tayyorladi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1