AsosiyJamiyat

​“Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda festivali bo`lib o`tadi

'​“Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 29 may-1 iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi “OSIYO RAMZI” dizaynerlar uyushmasi tashabbsi bilan “Bolajonlar-Shirintoylar” Bolalar Modalar Festivali bo`lib o`tadi.

Bolalar Moda Festivali dasturi doirasida Sanoat liboslar to`plamlarining namoyishi, beyoung for baby – Yosh dizaynerlar namoyishi, Gala-fashion shousi o`tkazilishi ko`zda tutilmoqda.

“Bolajonlar-Shirintoylar” Bolalar Moda Festivali – bu noyob loyiha bo`lib, unga yil davomida tayyorgarlik ko`riladi, u jahonda beqiyos va yorqin bayramlardan biri hisoblanadi. Ushbu Festival tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lib, milliy mentalitet va hududiy iqlimiy sharoitlarning o`ziga xos xususiyatlari asosida yaratilgan milliy kostyumlar orqali bolalar, shu jumladan yoshlar va ularning ota-onalarida did, kiyinish madaniyati va estetik tarbiyaning shakllanishiga, O`zbekiston san`ati va madaniyati sohasida bilimlarni kengayishiga imkoniyat yaratib beradi.

“Tantana”, “Tomosha”, “Diamonds kids” ijodiy guruhlarining yosh modellari, shuningdek Art-byuro “Kolibri” moda maktabining tarbiyalanuvchilari liboslar namoyishida har bir guruh uchun maxsus sahnalashtirilgan model sifatida ishtirok etish uchun tayyorlanmoqdalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar