AsosiyDunyo

​Barak Obama so`zlagan nutqi uchun 400 ming dollar gonorar oladi

'​Barak Obama so`zlagan nutqi uchun 400 ming dollar gonorar oladi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama sog`liqni saqlashga bag`ishlab o`tkaziladigan anjumanda so`zlaydigan nutqi uchun uchun rekord darajadagi – 400 ming dollar gonorar oladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Oq uyning sobiq rahbari Uolt-stritda sog`likni saqlashga bag`ishlangan anjumanda nutq so`zlashga rozi bo`ldi. Uning gonorari bu borada rekordchi bo`lgan Xillari Klintonning gonoraridan ikki barobarga oshib ketdi.

Tashkilotchilar Obama jadvaldan qat`i nazar, boshqa muammolari chiqqanligi tufayli bitimni bekor qilishi mumkinligi, haqida ham ogohlantirdi.

Nashr Obamaning bunday manfaatparastligidan jamoatchilik undan yuz o`girmasligini, hozirgi hukumat amerikaliklarni qoniqtirmasligini ta`kidladi. Fox Business ning ma`lumot berishicha, nutq so`zlash uchun to`lanadigan gonorar iste`fodagi Amerika siyosatchilari daromadining salmoqli qismini tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar