AsosiyJamiyat

​O`zbekiston Prezidenti Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'​O`zbekiston Prezidenti Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 aprel kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`luni qabul qildi.

O`zbekiston – Turkiya munosabatlari 2016 yilning 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida o`tgan oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi, deb yozadi O`zA.

O`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Turkiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizasiya qilish, to`qimachilik, ko`nchilik, kimyo va farmasevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo`nalishlarda, jumladan, "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.


Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mevlut Chavusho`g`lu O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga qabul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Davlatimiz rahbariga Turkiya kompaniyalarining mamlakatimizdagi loyihalarini qo`llab-quvvatlayotgani uchun Turkiya rahbariyati nomidan tashakkur bildirdi va keng ko`lamli o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Boshqa yangiliklar