​Sirdaryoda 10 nafar bolaning sunnat to`yi o`tkazildi

Jamiyat 28.04.2017, 15:56
Teglar: To`y, Bola, Sirdaryo
​Sirdaryoda 10 nafar bolaning sunnat to`yi o`tkazildi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Gulsanam” to`yxonasida 10 bolaning sunnat to`yi o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida xalq bilan muloqot qilishning o`ziga xos tizimi yo`lga qo`yilgani fuqarolar muammolarini o`rganish va joyida hal etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash, jamiyatda o`zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta`kidlandi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida inson manfaatlarini himoya qilish, xalqimizga xos ezgu ishlar ko`lamini yanada kengaytirish maqsadida O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, xotin-qizlar qo`mitasi, Oqoltin, Sardoba tumanlari hokimliklari va qator tashkilotlar hamkorligida o`tkazilgan sunnat to`yida bolalarning ota-onalari, qarindosh-urug`lari, mahalla faollari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

To`y bolalarga viloyat hokimligi, homiy tashkilotlarning sovg`alari, turli mavzulardagi kitoblar to`plami, bolalar velosipedi, shirinliklar hamda Xalq banki viloyat filialida ular nomiga ochilgan hisobraqamiga 1 million so`mdan pul mablag`i o`tkazilgan jamg`arma omonat daftarchasi tantanali ravishda topshirildi.

“Qo`limga o`g`lim Firdavsjonning nomiga 1 million so`m mablag` o`tkazilgan omonat daftarchasini topshirishganda, avvaliga ishonmadim. Yo`q, rost ekan. Darrov hisobladim. Bu mablag` 20 yildan so`ng 40 million bo`lar ekan. Biz onalar o`shanda farzandlarimizning nikoh to`ylarini ham birga o`tkazib, elga osh berishni niyat qildik. Onalari e`zozda, farzandlari g`amxo`rlikda bo`lgan yurt fuqarosi ekanimdan faxrlanaman”— deydi Sardoba tumani Qo`ytosh mahallasida istiqomat qiluvchi Mahbuba Hayitova quvonch ko`z yoshlarini yashirolmay.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G`.Mirzaev so`zga chiqdi.

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
Sirdaryoda "Lacetti" va "Nexia-2" ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo`ldi (video)

07.09.2022, 12:25

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida sodir bo`lgan YTHda to`rt kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, joriy yil 3 sentyabr kuni...
Sirdaryodagi xonadonda 14 yoshli qiz o`ldirib ketildi

23.08.2022, 09:26

Sirdaryoda qotillik jinoyati sodir etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi. Ma`lum qilinigicha, 20 avgust kuni soat 04.00larda noma`lum shaxs...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...