AsosiyJamiyat
4334

​O`zbekistonlik firibgar moskvalik ma`shuqalarining pul va qimmatbaho buyumlarini o`g`irlab ketdi

'​O`zbekistonlik firibgar moskvalik ma`shuqalarining pul va qimmatbaho buyumlarini o`g`irlab ketdi'ning rasmi

Moskva polisiyasi shaharga O`zbekistondan kelgan 35 yoshli firibgarni qo`lga oldi, deb yozadi “Daryo”. Erkak o`zi “qurbon” sifatida tanlagan ayollarga o`zini prokuror deb tanishtirgan.

Alfons kamida o`n nafar ayolni aldagan. Ulardan biri firibgarga, go`yoki saraton shishini oldirib tashlash uchun qariyb yarim million rubl pulini berib yuborgan. Shuningdek, firibgar o`z qurbonlarining biridan MacBook, iPhone, PSP, 50 ming rubl, yangi yil archasi va hatto toshbaqa solingan akvariumni ham o`g`irlab ketgan.

Ma`lum bo`lishicha, firibgar doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali moskvalik qizlar bilan tanishgan, o`zini sevib qolgan va doimo band odam qilib ko`rsatgan. Ayollarning ishonchiga kirib olgach, turli bahonalar bilan ulardan katta miqdorda pullar olgan.

Oxir-oqibat, firibgarning qurbonlari birlashib, qo`shma tergov boshladi. Erkakni o`g`irlikda gumon qilib, hisbga olishdi, tergov vaqtida u uy qamog`ida saqlanmoqda. Alfons oilali va ikki farzandli bo`lib chiqdi. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatlarni sodir etishda unga rafiqasi yordam bergan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar