Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida “Prezident e`tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida Namangan, Norin, Mingbuloq va Kosonsoy tumanlaridan 15 juft kelin-kuyovning nikoh to`yi o`tkazildi, deb xabar beradi O`zA.
Hamjihatlik, bag`rikenglik, mehr-oqibat va saxovatpeshalik kabi xalqimizga xos olijanob fazilatlarning yana bir ifodasi bo`lgan mazkur tadbir viloyat hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, xotin-qizlar qo`mitasi hamkorligida tashkil etildi. Unda kelin-kuyovlarning ota-onalari, do`stu yorlari, mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
To`y marosimida yosh oilalarga Prezident sovg`asi – mebellar to`plami, viloyat hokimligi va boshqa homiy tashkilotlarning tuhfalari va nikoh guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
07.03.2023, 13:30
Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi...24.01.2023, 10:05
Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...04.01.2023, 12:40
Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...01.10.2022, 14:39
Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...