2017 yilning 23 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Mey nomiga Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib maktub yo`lladi.
Davlatimiz rahbari o`z maktubida halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdarlik va dalda so`zlarini etkazishni so`radi, barcha jarohat olganlarga esa tez orada sog`ayishni tiladi.
Eslatib o`tamiz, 22 may kuni “Manchester Arena” stadionida konsert bo`layotgan vaqtda kuchli portlash sodir bo`ldi.
Sodir bo`lgan terakt 22 kishining hayotiga zomin bo`ldi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, qurbon bo`lganlar orasida bolalar ham bor. Yaralangan 59 nafar odam turli tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.
26.10.2022, 12:33
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birinchi telefon suhbatini o`tkazdi va u Kievni qo`llab-quvvatlashda davom etishga va`da berdi. Bu...21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...29.08.2022, 11:46
Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...