AsosiyJamiyat
8355

​Tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan o`quvchilarning ota-onalari rag`batlantiriladi

'​Tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan o`quvchilarning ota-onalari rag`batlantiriladi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligining 2017 yil 28 apreldagi “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida 2016-2017 o`quv yilini yakunlash va “Xayr maktab - salom kollej” tadbirlarini o`tkazish to`g`risida”gi buyrug`iga muvofiq shu yilning 25 may kuni respublikamizdagi barcha umumta`lim maktablarida “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlari ko`tarinki ruhda tashkil etiladi.

Tadbir davomida maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan o`quvchilarning ota-onasini ma`naviy rag`batlantirish ta`lim-tarbiya sifatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Xususan, “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas`uliyatli ota-ona”, “A`lochi o`quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi”, “Namunali ona”, “Jonkuyar bobo”, “Mehribon buvi”, “Tashabbuskor buvi” kabi nominasiyalar hamda Xalq ta`limi vazirligi, hududiy xalq ta`limi boshqarmalari, tuman (shahar) XTMFMTTE bo`limlari va maktab direktorlari nomidan tashakkurnoma bildiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar