Buyuk Britaniya huquq-tartibot idorasi xodimlari Manchester shahrida terakt sodir etishda gumonlangan Salmon Abediyning uyida portlovchi modda yasovchi ustaxona borligini aniqladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Nashr bergan ma`lumotga ko`ra, terrorchi-xudkushning uyidan bir nechta bomba yasash uchun etadigan kimyoviy moddalar topilgan.
Polisiya rahbari Ian Xopkins 22 may kuni “Manchester Arena” konsert majmuasida ro`y bergan teraktni uyushgan jinoiy guruh amalga oshirgan, deb hisobladi. Ayni paytda guruhning boshqa a`zolari qidirilmoqda.
22 may kuni “Manchester Arene” stadionida xonanda Ariana Grandening konsertida kuchli portlash bo`ldi. Minglab tomoshabin o`tirgan stadionda bolalar va o`smirlar ham bo`lgan. Manchester shahar stadionida ro`y bergan terakt 22 kishining hayotiga zomin bo`ldi. 120 kishi yaralandi. Mazkur teraktni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi.