AsosiyDunyo
3860

Indoneziyada sodir bo`lgan terakt uch nafar polisiyachining hayotiga zomin bo`ldi

'Indoneziyada sodir bo`lgan terakt uch nafar polisiyachining hayotiga zomin bo`ldi'ning rasmi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida xudkush-terrorchi tomonidan ikkita bomba ishga tushirildi, deb xabar berdi Rg.ru nashri.

Portlash oqibatida uch nafar polisiyachi halok bo`ldi, o`nta odam, shu jumladan besh nafar polisiyachi yaralandi. Portlash Jakarta shahrining sharqiy qismida joylashgan avtobus bekatida sodir bo`ldi. Bombalar besh daqiqa farq bilan portladi. Halok bo`lgan polisiyachilar navbatchilikda bo`lib, odamlarni qo`riqlayotgan edi. Indoneziyadagi transport ob`ektlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar