AsosiyDunyo
4248

​Braziliyadagi tartibsizliklar oqibatida 7 ta vazirlik binosi zarar ko`rdi

'​Braziliyadagi tartibsizliklar oqibatida 7 ta vazirlik binosi zarar ko`rdi'ning rasmi

Braziliya poytaxtida chorshanba kuni ro`y bergan tartibsizliklar oqibatida etti vazirlik binosi jiddiy zarar ko`rdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Namoyishchilar rejalashtirish, sog`liqni saqlash, moliya, madaniyat, mehnat, fan va texnika, qishloq xo`jalik vazirliklarining binolarini vayron qildi. Nomlari keltirilgan vazirliklarning ba`zilariga o`t qo`yildi.

Hukumat vazirlik xodimlarini to`liq evakuasiya qildi. Ayni paytda vazirliklar binosini 1,5 ming nafar harbiy askar qo`riqlamoqda. Mamlakat xavfsizlik xizmati vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, tartibsizlikda ayblangan to`rt kishi qo`lga olingan.

Chorshanba kuni Braziliya prezidenti Mishel Tramerga qarshi norozilik namoyishi bo`lib o`tdi. Namoyish qatnashchilari prezidentning iste`foga chiqishini va muddatidan ilgari prezident saylovi o`tkazishni talab qildi. Mazkur norozilik namoyishida 150 ming nafarga yaqin odam ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar