«Har xil kerakmas narsalarga pul sarflashni to`xtatsak qaniydi — qancha foydali narsa olsa bo`lardi!» — agar biror marta shunday hayolga borgan bo`lsangiz, demak quyidagi maslahat aynan siz uchun.
Pikabu foydalanuvchilaridan biri pul yig`ishning oddiy va samarali usulini taklif qildi.
AdMe.ru nashri bu nou-xau bilan bo`lishishga shoshildi!
Usulning maqsadi oddiy: har kunning ohirida pul qoldiqlari «nollashtiriladi». Aytaylik, biz 4 tagacha«nollashtirish» mumkin. Kechqurun pulingiz quyidagi summani tashkil qildi:
Naqd pul — 554 900 so`m.
Kartadagi pul — 946 900so`m.
Nima qilamiz: har bir summaning ohiridagi raqamlarni nolga tenglashtiramiz. Naqd pullarni kopilkaga, kartochkadagilarni boshqa yig`iladigan kartadagi hisobga ko`chiramiz.
Masalan:
Maoshdan oldin qolgan barcha pullarni huddi pul qolmaganday nolga tenglashtirish kerak. Masalan, maoshgacha 50 ming naqd va 100 ming kartochkada qoldi — ularni birlashtirib kopilkaga solish kerak.
Usulning plyuslari:
- Har kun ertalab biz ihtiyorimizda qancha pul borligini bilamiz, va bu doim yahlitlangan summa bo`ladi.
- O`z harajatlarimizni nazorat qila boshlaymiz.
- Va asosiysi: pul yig`ishni uddalaymiz!