AsosiyDunyo

​Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol vafot etdi

'​Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol vafot etdi'ning rasmi

GFRning sobiq kansleri gelmut Kol 88 yoshda, Lyudvigsxafen-am-Rayn shahridagi o`z uyida vafot etdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Gelmut Kol nemis hukumatini 1982 yildan 1998 yilgacha boshqardi. Uning asosiy yutuqlaridan biri ikki Germaniyani birlashtirgani bo`ldi. Kol 1991 yilda birlashgan mamlakatning birinchi kansleri etib saylangan edi. Shunga qaramay, uning sisyosiy karerasi korrupsion janjal bilan yakun topib, u 1973-1998 yillarda o`zi rahbarlik qilgan “Nasroniy-demokratik ittifoq” siyosiy partiyasini noqonuniy ravishda moliyalashtirganlikda ayblangan edi. Shundan keyin Gelmut Kol o`z vazifasini Gerxard Shrederga topshirdi.

Gelmut Kol 2015 yilda tos suyagi va ichak operasiyasini boshdan kechirgan edi. Mazkur operasiya asorati tufayli u og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Boshqa yangiliklar