Kolumbiyaning Bogota shahridagi savdo markzlaridan birida ayollar hojatxonasida bomba portladi, deb xabar berdi Interfax.ru nashri.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, kamida 3 kishi halok bo`ldi, 11 kishi yaralandi. Portlash Andino savdo markazida sodir etilgan. Portlovchi qurilma 2-qavatdagi ayollar hojatxonasida portlagan. Portlashdan keyin markazdan odamlar evakuasiya qilingan. Hukumatning xabar berishicha, 23 yoshdan 31 yoshgacha bo`lgan 3 ayol halok bo`lgan, ulardan biri Kolumbiyada volontyor bo`lib ishlagan 23 yoshli Fransiya fuqarosi bo`lgan.
Bogota meri Enrike Penyalosa tvitterda "Andino’dagi qo`rqoqlarcha amalga oshirilgan terakt menga og`riq etkazdi" deb yozgan. Kolumbiya prezidenti Manuel Santos voqeani tergov qilishni boshlashga ko`rsatma bergan. Ma`lumotlarga ko`ra, markaz avtoturargohi sapyorlar tomondan itlar yordamida tekshirib chiqilgan.
Portlash terakt sifatida tasniflandi.