Avval habar qilganimizdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o`zining test sinovlarini o`tkazish joylarida biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish (identifikasiya) va boshqarish tizimini joriy etilishini ma`lum qilgan edi. Bu haqda universitetning tuit.uz saytida ham ma`lumotlar berib o`tilgan edi.
Joriy yilning 5 iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abiturientlari uchun test imtixonlari o`tkazildi.
Biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida qo`shtirnoq ichidagi “ZAYChIK” abiturientlar aniqlandi.
Foto lavhalar bilan tanishing:
Qo`shtirnoq ichidagi “ZAYChIK” abiturientlar “biometrik tizimni aldayman”, degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo`lganlar, natijada esa 16 ta “ZAYChIK” qopqonga tushdi.
Shu bilan bir qatorda, 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmadi. Foto lavhalar bilan tanishing:
Shu bilan bir qatorda diplom muqovasi ichiga konspirasiya – yani yashirilgan telefonlar ham aniqlandi. Foto lavhalar bilan tanishing: