
“North Korea Tech” blogining muallifi qurilmaning nomi “Ariran” ekanini yozadi. Yaqinda ushbu smartfonlar ishlab chiqariladigan zavodga mamlakat rahbari Kim Chen In tashrif buyurgan, shundan so`ng yangiliklar agentligi uning suratlarini chop etgan.
Xabarda hech qanday texnik tafsilotlar berilmagan, smartfon sensorli displeyga va yuqori echimdagi kameraga ega ekanligi aytiladi, xolos. Telefonlar Xitoyda yig`ilishi haqiqatga yaqinroq, chunki suratlarda ishchilar faqat tayyor qurilmalarni tekshirayotgani aks etgan. Buning ustiga mamlakat aholisiga Internetdan foydalanishga ruxsat berilishi ham dargumon.