14.08.2013 22:55
Nokia yangi qurilmalarini kuzda namoyish etadi
Yangi mahsulotlar kompaniyaning “yo`l xaritasi”ga muvofiq har oyda paydo bo`ladi. Sentyabr oyining oxirida Nokia yangi planshetni chiqarishni rejalashtirgan. Ushbu qurilma Amerikaning AT&T operatori uchun mo`ljallangan. Hozircha planshetning xalqaro bozorga chiqish sanasi noma`lum. AT&T uchun chiqariladigan Nokia plansheti Windows boshqaruvi ostida ishlashi taxmin qilinmoqda, xolos.
Noyabr oyining boshida esa kompaniya iste`molchilarni katta ekranli smartfon, ya`ni planshet va telefon gibridi bilan xursand qilish niyatida. Odatda “planshetfonlar”ga ekrani 5,5 dyuymli va undan katta smartfonlar kiradi. Hozircha yangi qurilma ekranining o`lchami noma`lum.
Dekabr oyida ikkita SIM-kartali Lumia smartfonining modellari taqdim etiladi. Nokia mobil telefonlari liniyasi shunday funksionallikka ega ko`plab modellarni o`z ichiga olgan, biroq ikki “simka”li smartfonlar hali taqdim etilmagan edi.